Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19982 marta o'qildi

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroga vasiy, muomala layoqati cheklangan fuqaroga esa homiy tayinlanadi.

Vasiylik yoki homiylikni belgilash asosi

Fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.

Vasiylik yoki homiylik:

  • tegishli shaxs yashayotgan joyda;
  • uning muayyan yashash joyi bo‘lmasa, vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs yashayotgan joyda belgilanadi.

Murojaat va hujjatlar

Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs tegishli hududdagi vasiylik va homiylik organiga murojaat qiladi.

Asosiy hujjatlar:

  • vasiy yoki homiy bo‘lish istagi ko‘rsatilgan ariza;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish haqidagi sud qarori;
  • nikohda turgan shaxs uchun nikoh tuzilganligi haqidagi hujjat;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • nomzodning sog‘lig‘i haqida vrachlik-maslahat komissiyasi xulosasi.

Vasiylik va homiylik organi nomzodning turmush sharoitlarini tekshiradi va uni vasiy yoki homiy etib tayinlash mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.

Qaror qabul qilish

Vasiylik yoki homiylik tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Komissiya xulosasi asosida vasiy yoki homiyni tayinlash to‘g‘risidagi qaror 5 kun mobaynida qabul qilinadi.

Vasiy yoki homiy vasiylikdagi shaxsning huquq va manfaatlarini davlat organlari, tashkilotlar va sudda alohida ishonchnomasiz himoya qiladi.

Muhim! Vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxs haqida organga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab vasiy yoki homiy bir oydan kechiktirmay tayinlanishi kerak. Shoshilinch holatda dastlabki vasiy yoki homiy bir oy muddatga tayinlanishi mumkin.

Chat