Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish va ular bilan birga yashash huquqiga ega.
Faqat ota-ona bilan birga yashash bolaning eng ustun manfaatlariga zid bo‘lgan hollarda qonunda nazarda tutilgan boshqa choralar qo‘llanilishi mumkin.
Kam ta’minlanganlik yoki oilaning og‘ir ijtimoiy ahvoli o‘z-o‘zidan bolani ota-onasidan ajratish uchun asos bo‘lmaydi.
Bola ota-onasi tomonidan tarbiyalanish, uning manfaatlari ta’minlanishi, har tomonlama kamol topishi va insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Ota-ona bolani tarbiyalash usullarini tanlashda uning:
Bolani kamsitish, haqoratlash, unga nisbatan shafqatsiz yoki qo‘pol muomala qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, bolani tarbiyalashdan bosh tortganda yoki bola boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganda, uning huquq va manfaatlarini vasiylik va homiylik organi himoya qiladi.
Bolani joylashtirishda uning oilada tarbiyalanishini ta’minlovchi shakllarga ustuvorlik beriladi. Bolaning yoshi va etuklik darajasiga mos ravishda uning fikri ham inobatga olinishi kerak.
Material O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun asosida tayyorlandi.