Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 44501 marta o'qildi

Kak obespechitь pravo nesovershennoletnix detey na vыezd za predelы  Uzbekistana | NORMA.UZ

Bolalar ota-onasiga ta’minot berishi shartmi?

Voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berishlari va ular haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Ota-onaning davlat yoki nodavlat muassasasi qaramog‘ida ekanligi voyaga etgan mehnatga layoqatli bolani unga moddiy yordam berish va g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Ota-ona aliment talab qilishi uchun uning mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj ekani ahamiyatga ega. Aliment to‘lash majburiyati esa voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalarga nisbatan qo‘llanadi.

Aliment miqdori qanday belgilanadi?

Agar voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalar ota-onasiga ixtiyoriy moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasa, ta’minot miqdori sud tomonidan bolalarning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olingan holda belgilanadi.

Ota-ona aliment undirish talabini farzandlaridan faqat biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘ygan bo‘lsa ham, sud aliment miqdorini belgilashda voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalarning barchasini hisobga oladi.

Undiriladigan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Nizo hal bo‘lgunga qadar to‘lov olish mumkinmi?

Ha. Voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish to‘g‘risidagi nizo uzil-kesil hal etilgunga qadar sudьya vaqtincha to‘lab turilishi lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib ajrim chiqarishi mumkin.

Qo‘shimcha xarajatlar ham undiriladimi?

Voyaga etgan mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligi va boshqa uzrli sabablar tufayli yuzaga kelgan qo‘shimcha xarajatlarda ham ishtirok etishi shart.

Agar qo‘shimcha xarajatlar ixtiyoriy qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.

Qachon bola ota-onani ta’minlash majburiyatidan ozod qilinishi mumkin?

Agar sud ota yoki onaning avval ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganini aniqlasa, bolani mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.

Ota-onaning mehnatga layoqatsizligi boladan aliment avtomatik ravishda undiriladi degani emas. Nizo mavjud bo‘lsa, ta’minot miqdori va uni undirish masalasi sud tomonidan hal qilinadi.

Chat