Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 47972 marta o'qildi

Alimentchi ota qarzini to‘lash uchun “antiqa usul“ qo‘lladi

Aliment qarzini undirish manbalari

Aliment qarzi birinchi navbatda aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning ish haqi va boshqa daromadidan undiriladi.

Daromad etarli bo‘lmasa, undiruv uning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan mablag‘lariga hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa pul mablag‘lariga qaratiladi. Bu mablag‘lar ham etarli bo‘lmagan taqdirda, undiruv qonun bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi.

Aliment to‘lovchining rasmiy ish haqi etarli emasligi aliment qarzini undirishni to‘xtatmaydi. Qonunchilikda belgilangan tartibda uning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkiga undiruv qaratilishi mumkin.

O‘tgan davr uchun qarzni undirish

Notarial tartibda tasdiqlangan aliment kelishuvi yoki ijro varaqasi asosida o‘tgan davrdagi aliment qarzi, odatda, ushbu hujjat undirish uchun taqdim etilgunga qadar bo‘lgan 3 yildan ortiq bo‘lmagan davr uchun undiriladi.

Agar aliment sud hujjati yoki notarial kelishuv bo‘yicha aliment to‘lovchining aybi bilan undirilmagan bo‘lsa, qarz uch yillik muddatdan qat’i nazar o‘tgan barcha vaqt uchun undiriladi.

Qarz miqdorini belgilash

Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarorida yoki notarial tartibda tasdiqlangan aliment kelishuvida belgilangan miqdordan kelib chiqib aniqlanadi.

Voyaga etmagan bolalar uchun aliment qarzi aliment to‘lovchining aliment undirilmagan davrdagi ish haqi va boshqa daromadi asosida hisoblanadi.

Ishlamagan yoki daromadini tasdiqlamagan shaxs bo‘yicha hisob-kitob

Aliment to‘lovchi qarz yuzaga kelgan davrda ishlamagan bo‘lsa yoki ish haqi va boshqa daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori asosida hisoblab chiqiladi.

Agar bunday hisob-kitob taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur etkazsa, manfaatiga putur etgan taraf sudga murojaat qilishi mumkin. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvoli hamda boshqa ahamiyatli holatlarni inobatga olib, qarzni qat’iy pul summasida belgilash huquqiga ega.

Chat