O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga oliy yoki o‘rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasasini tamomlab, tegishli diplom olgan shaxslar ega. Xorijda olingan tibbiy ma’lumot asosida ishlash qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan ortiq ishlamagan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin qayta tayyorgarlikdan o‘tishi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyasi attestatsiyasidan o‘tishi lozim.
Birlamchi tibbiy yordamda bemor, qoida tariqasida, oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tadi. Zarur bo‘lsa, oilaviy shifokor bemorni tor soha mutaxassisiga, qo‘shimcha tekshiruvga yoki keyingi bosqichdagi tibbiy yordamga yo‘naltiradi.
Davlat byudjeti hisobidan rejali tibbiy yordam olish tartibida bemor o‘zi biriktirilgan muassasada oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tgach, belgilangan holatlarda bir ish kunida tuman yoki shahar darajasidagi tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yo‘naltiriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishi shart. Shoshilinch yordam ko‘rsatishdan bo‘yin tovlash qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, tashxisi, tekshiruv va davolash jarayonida olingan ma’lumotlar shifokor sirini tashkil etadi.
Bunday ma’lumotlarni bemor yoki uning qonuniy vakili roziligisiz oshkor qilishga faqat qonunda maxsus ko‘rsatilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Ha. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘z kasbiy huquqlarini himoya qilish, tibbiy amaliyotni rivojlantirish va kasbiy masalalarni hal etish maqsadida ixtiyoriy professional uyushmalar va boshqa jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.