Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan rejali tibbiy yordam olish uchun bemor avval o‘zi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.
Oilaviy shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazadi va tibbiy ko‘rsatma bo‘lsa, uni bir ish kunida tuman yoki shahar darajasidagi tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yo‘naltiradi.
Tor soha mutaxassisi bemorni bir ish kunida klinik protokollar va tashxislash-davolash standartlari asosida ko‘rikdan o‘tkazadi.
Agar statsionar davolanishga ko‘rsatma bo‘lmasa, bemorga ambulator davolanish uchun tavsiya beriladi va u oilaviy shifokorga qayta yo‘naltiriladi.
Statsionar sharoitida rejali tibbiy yordam zarur bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki tor soha mutaxassisi elektron axborot tizimi orqali elektron yo‘llanma rasmiylashtiradi.
Yo‘llanma — bemorga muayyan kasallik bo‘yicha davlat yoki belgilangan hollarda nodavlat tibbiyot tashkilotida rejali statsionar davolanish imkonini beruvchi QR-kodli hujjat.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda bemor tegishli tartibda o‘ziga mos tibbiyot tashkilotini tanlash imkoniyatiga ega.
Bemorning holati va tashxisi hudud yoki respublika darajasida davolanishni talab qilsa, ma’lumotlar elektron axborot tizimi orqali tegishli tibbiy-tanlov komissiyasiga yuboriladi.
Tasdiqlangan kasalliklar va imtiyozli toifalar bo‘yicha komissiya xulosasi asosida davlat byudjeti hisobidan davolanishga yo‘llanma tasdiqlanadi.
Yo‘q. Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamga rejali yo‘llanma tartibi tatbiq etilmaydi.