Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarni ovqatlantirish:
Bemorga tayinlanadigan ovqatlanish uning kasalligi va shifokor belgilagan parhez talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bemorlarga nonushta bepul beriladi va uning xarajatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Tushlik, tushlikdan keyingi ovqat va kechki ovqat uchun, qoida tariqasida, bemorning o‘zi, uning qarindoshlari, boshqa shaxslar, tashkilotlar yoki homiylar mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi.
Qonunchilikda belgilangan ayrim kasalliklar va bemorlar toifalari uchun ovqatlanish xarajatlari byudjet mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplanadi.
Ha. Bemor yozma ariza asosida muassasa taklif etayotgan ovqatlanishni to‘liq yoki qisman rad etishi mumkin.
Bunda bemor mustaqil tashkil etgan ovqatlanish shifokorning parhez bo‘yicha ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘lishi shart.
Butun sutkalik ovqatlanish qiymati haqidagi ma’lumot tibbiyot muassasasida ko‘rinadigan joyda joylashtirilishi lozim.
Ovqatlanish uchun oldindan to‘langan mablag‘ning foydalanilmay qolgan qismi to‘lovchiga qaytariladi. Shifoxonadan chiqishga qadar ovqatlanish bo‘yicha yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi.