Bemor avval o‘zi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qilib, oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tadi.
Statsionar davolanishga ko‘rsatma bo‘lsa, oilaviy shifokor yoki tor soha mutaxassisi elektron axborot tizimi orqali elektron yo‘llanma beradi.
Elektron yo‘llanma — bemorga muayyan kasallik bo‘yicha davlat yoki belgilangan hollarda nodavlat tibbiyot tashkilotida rejali statsionar yordam olish imkonini beruvchi QR-kodga ega hujjat.
Yo‘llanma ma’lumotlari elektron axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda bemor belgilangan tartibda hududiy joylashuvidan qat’i nazar tegishli tibbiyot muassasasini tanlash imkoniyatiga ega.
Hudud yoki respublika darajasidagi statsionar yordam talab etilganda esa kasallik va imtiyoz toifasiga qarab tegishli tibbiy-tanlov komissiyasining elektron xulosasi talab qilinishi mumkin.
Ha. Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamga elektron yo‘llanma bo‘yicha rejali yotqizish tartibi tatbiq etilmaydi.
Shu sabab bemorning hayoti yoki sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradigan shoshilinch holatda avval rejali yo‘llanma olish talab qilinmaydi.
Bemor rejali tibbiy yordam uchun tegishli yo‘llanmasiz o‘z xohishi bilan bevosita tibbiyot muassasasiga murojaat qilsa, xizmat pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin. Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan yordam bundan mustasno.