Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 712 marta o'qildi

Mediatsiyaning ishtirokchilari - mediator, jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.

 

Mediatsiya taraflarining huquqlari
  • mediatorni ixtiyoriy tanlash;
  • mediatordan voz kechish;
  • mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechish;
  • mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish.

Tomonlar kelishuv talablarini belgilangan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.

Mediatorning huquqlari
  • taraflar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga;
  • ularga nizoni hal etishga doir tavsiyalar berishga;
  • mediatsiya uchun sarflagan xarajatlari qoplanishini talab qilishga haqli.

Mediatorning majburiyatlari
  • mediatsiya boshlanguniga qadar taraflarga mediatsiyaning maqsadini, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
  • taraflarining roziligi bilan harakat qilishi;
  • taraflar o‘zaro kelishuvga erishishi uchun qonuniy usullaridan foydalanishi;
  • mediatsiyani xolis o‘tishiga ta’sir qiluvchi holatlar haqida taraflarga ma’lum qilishi shart.

Mediator taraflar oldida mediatsiya natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.

Mediatsiya jarayonidagi cheklovlar

Mediatsiyani qo‘llash chog‘ida mediator:

  • bir nizo bo‘yicha biror-bir tarafning vakili bo‘lishga;
  • biror-bir tarafga yuridik maslahat yoki yordam ko‘rsatishga;
  • agar u manfaatdor yoki taraflardan birining qarindoshi bo‘lsa, mediator faoliyatini amalga oshirishga; (bular ikkala tarafning o‘zaro roziligi bo‘lgan hollarga tegishli emas)
  • taraflarning roziligisiz nizo haqida bayonot berishga haqli emas.

Taraflar, mediator, shuningdek mediatsiyada hozir bo‘lgan boshqa shaxslar muhokamada:

  • taraflarning mediatsiyani qo‘llash taklifini yoki  unga tayyorligi to‘g‘risidagi ma’lumotni;
  • nizoni hal etish bo‘yicha taraflarning fikrlari, takliflarini;
  • mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayonida taraflardan biri tomonidan bildirilgan e’tiroflar to‘g‘risidagi;
  • taraflardan biri yoki mediatorning nizoni taklif bo‘yicha qabul qilishga tayyorligini oshkor qilishga haqli emas.

Chat