Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13290 marta o'qildi

Hakamlik sudiga quyidagi holatlarda murojaat qilish mumkin:

  • hakamlik bitimida nazarda tutilgan hollarda

    Hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkin.

    Agar nizo iqtisodiy yoki fuqarolik sudida ko‘rib chiqilyotgan bo‘lib, hali hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa,taraflar hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar hakamlik bitimi tuzishlari mumkin.

  • da’vo ariza orqali murojaat qilish mumkin.

Hakamlik bitimi mazmuni
  • hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin;
  • hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan bo‘lsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta’minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yo‘li bilan tuzilgan bo‘lsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi;
  • hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko‘rsatilishi lozim;
  • hakamlik bitimida hakamlik sudьyalarining soni, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

Yuqoridagi talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Da’vo arizasi mazmuni
  • da’vo arizasining sanasi;
  • hakamlik muhokamasi taraflari bo‘lgan yuridik shaxslarning nomi va joylashgan eri (pochta manzili), jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
  • da’vogarning talablari;
  • da’vogarning talablariga asos bo‘lgan holatlar;
  • da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
  • da’voning bahosi;
  • da’vo arizasiga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Da’vo arizasi da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Agar da’vo arizasi da’vogarning vakili tomonidan imzolangan bo‘lsa, da’vo arizasiga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim.

Chat