Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11731 marta o'qildi

Iste’molchi shartnoma tuzish yo‘li bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega bo‘lib, bu shartnomaga ko‘ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste’molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) majburiyatini, iste’molchi esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.       

Narx yorlig‘i bilan bezatilgan namoyish etilayotgan tovarlar va tashrif buyuruvchi tomonidan taqdim etilgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shartnoma tuzish uchun taklif sifatida qabul qilinadi.

  • Shartnoma og‘zaki yoki yozma tuziladi.
  • Shartnoma bo‘yicha sotuvchi iste’molchiga sifatli tovarni mulk qilib topshiradi, iste’molchi esa pulni to‘laydi.
  • Tovarlar uchun to‘lov naqd pul yoki pul o‘tkazish (plastik karta, elektron to‘lovlar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
  • Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi shartnoma tomonlar o‘rtasida shartnoma mavzusi, miqdori, narxi va h.k. bo‘yicha kelishuvga erishilganda tuzilgan hisoblanadi.
Chat