Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17285 marta o'qildi

Umumiy harbiy majburiyat - fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.

Harbiy xizmatga majburlar - Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslardir.

Harbiy xizmatchilar - haqiqiy harbiy xizmatdagi O‘zbekiston fuqarolaridir.

Umumiy harbiy majburiyat
  • fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni;
  • harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni);
  • chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni;
  • rezervdagi xizmatni;
  • muqobil xizmatni;
  • harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni;
  • favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.

Harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar - turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan iste’fodagi shaxslar.

Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Harbiy xizmatchilar tarkibi

Chat