Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 63827 marta o'qildi

O‘lim tibbiyot muassasasidan o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumot kelib tushishi asosida kompozit davlat xizmati doirasida avtomatik ravishda yoki qonunchilikda belgilangan alohida holatlarda FHDYo organiga bevosita murojaat qilish orqali qayd etiladi.

Muhim: o‘limni birlamchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YaIDXP orqali ariza berilmaydi.

O‘lim qayd etilgandan keyin beriladigan hujjatlar

O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgach:

  • ariza beruvchiga o‘lim haqida gerbli guvohnoma beriladi;
  • qabristonga taqdim etish uchun QR-kodli ma’lumotnoma beriladi;
  • marhumning eri yoki xotini, ota-onasi va farzandlarining YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqidagi QR-kodli ma’lumotnoma avtomatik yuboriladi.

Gerbli guvohnomani keyinchalik olish

O‘lim avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, marhumning eri yoki xotini, ota-onasi va farzandlari gerbli guvohnoma olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.

YaIDXP o‘limni qayd etish vositasi emas. Portaldagi imkoniyat faqat avval qayd etilgan o‘lim bo‘yicha gerbli guvohnomani olishga taalluqli.

Chat