Dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritish:
Agar manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lsa, masala sud tartibida hal etiladi.
O‘zgartirishlar, jumladan:
O‘n olti yoshga to‘lgan shaxs o‘zining tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganligi haqidagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish uchun mustaqil murojaat qiladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga oid tug‘ilganlik yozuviga o‘zgartirish uning ota-onasi yoki qonuniy vakili arizasi asosida kiritiladi.
FHDYo organining xabarnomasidan keyin zarur hujjatlar 3 ish kuni ichida taqdim etilmasa, elektron ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Ariza FHDYo organi tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Zarur dalolatnoma yozuvlari yoki boshqa hujjatlarni olish bilan bog‘liq uzrli sabablar mavjud bo‘lsa, muddat 15 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
O‘n yoshga to‘lmagan bolaning ismini o‘zgartirish haqidagi ariza 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
O‘lim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatish yaqin qarindoshlar yoki merosxo‘rlar arizasi asosida kiritiladi.
Vafot etgan shaxsning tug‘ilganligi, nikoh tuzganligi yoki nikohdan ajralganligi haqidagi yozuvlariga tuzatish va qo‘shimchalar sud qarori asosida kiritiladi.
Muhim: FHDYo organining o‘zgartirish, tuzatish yoki qo‘shimcha kiritishni rad etishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.