Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlatda doimiy yashayotgan bolani O‘zbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish bola yashaydigan davlat qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunday farzandlikka olish, odatda, bola:
O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan nomzodlar farzandlikka oluvchilarga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob berishi, farzandlikka olish taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi va belgilangan tayyorlov jarayonlaridan o‘tishi lozim.
Chet davlatda doimiy yashaydigan bolani farzandlikka olishda uning:
Bolaning pasporti yoki safar hujjati, farzandlikka olish haqidagi qaror, tug‘ilganlik haqidagi hujjatlar va boshqa xorijiy hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoki apostilь qo‘yilishi, shuningdek tarjima qilinishi mumkin.
Muhim! Faqat bolani chet davlatda farzandlikka olish haqida qaror olish uni O‘zbekistonga olib kirish va bu erda doimiy yashashi uchun etarli emas. Migratsiya va hujjatlashtirish talablari ham alohida bajarilishi shart.
Chet davlat vakolatli organi tomonidan amalga oshirilgan farzandlikka olish O‘zbekistonda haqiqiy deb e’tirof etilishi uchun Oila kodeksining farzandlikka oluvchi shaxs, zarur roziliklar va bolaning qarindoshlarini xabardor qilishga oid talablariga rioya qilinishi kerak.
Jarayonda tuman yoki shahar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va vakolatli migratsiya organlari o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi.
Tartib O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 152, 157, 161¹ va 237-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori bilan belgilangan.