O‘zbekiston FHDYo organlarida O‘zbekiston fuqarosining MDH mamlakati fuqarosi, boshqa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bilan nikohi umumiy asoslarda qayd etiladi.
Nikoh tuzuvchi shaxslar FHDYo organiga birgalikda ariza beradi. Nikoh, qoida tariqasida, ariza berilganidan keyin bir oy o‘tgach, nikohlanuvchilarning shaxsiy ishtirokida qayd etiladi. Uzrli sabablar bo‘lsa, muddat qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekistonda bo‘lish vizasi nikoh qayd etiladigan kunda haqiqiy bo‘lishi shart. Vizasiz kirish tartibi belgilangan davlat fuqarolariga nisbatan ularning O‘zbekistonda qonuniy bo‘lib turishi tasdiqlanadi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
Nikohda turmaslik haqidagi xorijiy hujjat belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostilь qo‘yilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning xalqaro shartnomasida tasdiqlashdan ozod qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, legalizatsiya yoki apostilь talab qilinmaydi.
Muhim! Xorijda ajrashgan yoki turmush o‘rtog‘i vafot etgan shaxsdan avvalgi nikoh tugaganini tasdiqlovchi tegishli hujjat ham talab etilishi mumkin.
Yaqin qarindoshlar o‘rtasida, farzandlikka oluvchi bilan farzandlikka olingan shaxs o‘rtasida, shuningdek nikohlanuvchilardan biri boshqa nikohda turgan bo‘lsa, nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoh qayd etilgach, hujjatda maxsus belgi qo‘yish uchun joy bo‘lsa, chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikoh tuzilgani haqida belgi qo‘yiladi.
Tartib O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20 oktyabrdagi 550-son qarori bilan belgilangan.