
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida quyidagi shaxslarga bepul yordam ko‘rsatiladi:
- bolalikdan nogironligi bo‘lganlar;
- chin etimlar;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- 1941 - 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
- 1941 - 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
- Chernobilь AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Baynalmilalchi-jangchilar;
- fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
- chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 - 27 yoshdagi) shaxslar;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar (tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar (tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar (tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar (tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslar (tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ko‘rsatiladi). Batafsil havolada.