Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17571 marta o'qildi

Kak “skrestitь” statsionarnыy telefon s mobilьnыm, sekonomiv na zvonkax

Telefon aloqasi xizmatlarining turlari

Telefon aloqasi xizmatlari operator yoki provayderning litsenziyasi, telekommunikatsiyalar tarmog‘ining imkoniyatlari va abonent bilan tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Universal xizmatlar barcha foydalanuvchilar uchun belgilangan sifatda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan xizmatlar bo‘lib, ularga:

  • umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalanish;
  • mahalliy telefon aloqasi;
  • shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi;
  • qonunchilikda belgilangan boshqa asosiy xizmatlar kiradi.

Operator texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha pullik yoki bepul xizmatlarni ham taklif qilishi mumkin.

Qo‘shimcha telefon aloqasi xizmatlari

Qo‘shimcha xizmatlarga, jumladan:

  • telefon apparati yoki boshqa qurilmani qayta o‘rnatish va qayta ulash;
  • parallel telefon apparatini o‘rnatish;
  • aloqa kanallarini ijaraga berish;
  • ma’lumot-axborot xizmatlari;
  • abonent raqamini o‘zgartirish;
  • qo‘ng‘iroqlar va hisob-kitoblar tafsilotini taqdim etish;
  • konferents-aloqa;
  • operatorning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqadigan boshqa xizmatlar kirishi mumkin.

Bepul xizmatlar jumlasiga telefon tarmog‘ining ta’mirlash byurosini chaqirish, aholi punkti yoki operator kodi, xalqaro kodlar va amaldagi tariflar haqida ma’lumot olish kabi xizmatlar kiritilgan.

Operator abonentning roziligisiz pullik qo‘shimcha xizmatni ulashi, xizmatni majburan taklif qilishi yoki ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq undirishi mumkin emas.

Xizmatlar to‘plami, tarif rejasi yoki yangi pullik xizmat abonentning tanlovi tasdiqlanmasdan avtomatik ravishda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Abonentga qanday ma’lumotlar berilishi kerak

Operator abonentga quyidagi ma’lumotlarni ochiq va bepul taqdim etishi shart:

  • ko‘rsatiladigan universal va qo‘shimcha xizmatlar;
  • pullik va bepul xizmatlar ro‘yxati;
  • tariflar, imtiyozlar va to‘lov tartibi;
  • xizmat ko‘rsatishdagi cheklovlar;
  • shartnoma tuzish va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
  • operatorning manzili, telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti va ish vaqti.

Universal telefon aloqasi xizmatlari tariflari o‘zgarsa, operator bu haqda yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali xabar berishi kerak.

Sifatsiz xizmat ko‘rsatilganda

Abonentning aybisiz telefon aloqasi ishlamagan va bu haqda ta’mirlash byurosida talabnoma ro‘yxatga olingan bo‘lsa, abonent:

  • xizmat haqini qayta hisoblashni;
  • asossiz ulangan pullik xizmat uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishni;
  • kamchiliklarni bepul bartaraf etishni;
  • xizmat narxini kamaytirishni;
  • etkazilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

Shoshilinch vaziyatlarda 112 yagona dispetcherlik xizmati va belgilangan boshqa shoshilinch xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati ta’minlanadi.

Mazkur tartib Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari bilan belgilangan.

Chat