Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6828 marta o'qildi

Mobilь aloqa xizmati Operator — mobilь aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan mobilь aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkor.

">operator va Abonent — mobilь aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun operator bilan shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs.

">abonent
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida taqdim etiladi.

Operator (provayder) abonentga xizmat ko‘rsatish zonasida mobil aloqa xizmatlaridan kechayu-kunduz foydalanish imkonini ta’minlashga majbur.

Operator (provayder) axborot-ma’lumot xizmati tizimiga ega bo‘lishi va pullik hamda bepul axborot-ma’lumot xizmatlarini ko‘rsatishga majbur.

Operator yoki provayder tarmoq ichida uning axborot-ma’lumot xizmatiga bepul qo‘ng‘iroqlar qilish imkonini ta’minlashi kerak.  

Operator (provayder) pullik axborot-ma’lumot xizmatlarining ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilaydi.

Chat