Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10208 marta o'qildi

Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.

Jamoa shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi mumkin
  • mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
  • narxlarning o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;
  • xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatib olish shartlari;
  • ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta’tillarining muddatlari;
  • xodimlarning, shu jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari;
  • ishni ta’lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;
  • ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;
  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari.

  • Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxona, tashkilot va muassasaning barcha xodimlariga tatbiq etiladi.
  • Jamoa shartnomalari namunalari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Chat