Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31274 marta o'qildi

O‘quvchilarni ma’lum fanga bo‘lgan iqtidor va iste’dodini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sinflar, maktablar (maktab-internat) tashkil etildi.

Tanlov tashkil etish
  • Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ma’muriyati o‘quvchilar tanlovining sifatli va raqobatli o‘tkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi lozim.
  • Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
  • Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabga joriy o‘quv yilida 4-sinfini tugatgan o‘quvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.
  • Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatiga joriy o‘quv yilida 6-sinfni tugatgan o‘quvchilar 7-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tanlovga buyurtma har yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.

  • O‘quvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi bo‘yicha bittasidan test sinovlari o‘tkaziladi.  

Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tanlovlarda to‘plagan balining 10 foizi miqdorida imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi.

Chat