Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 41701 marta o'qildi

To‘lov qanday amalga oshiriladi

Maishiy iste’molchilar tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshiradilar.

To‘lov:

  • bank kassalari;
  • to‘lov tashkilotlari;
  • bank mobil ilovalari;
  • elektron to‘lov tizimlari;
  • qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa to‘lov kanallari orqali amalga oshirilishi mumkin.

To‘lovda iste’molchining shaxsiy hisobvarag‘i raqami to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak. To‘lov hujjati yoki elektron chekni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

Iste’mol qilingan gaz hajmi

Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan hisoblagich bo‘lsa, gaz hajmi onlayn kelib tushgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

Ma’lumot onlayn kelib tushmasa:

  • hisoblagich ko‘rsatkichi vakolatli xodim tomonidan joyiga chiqib yozib olinadi;
  • ayrim hollarda iste’molchi ko‘rsatkichni shaxsiy kabinet orqali kiritishi mumkin.

Hisoblagich ma’lumoti to‘liq kelib tushmasa yoki texnik nosozlik kuzatilsa, joriy oy uchun hisob-kitob iste’mol me’yorlari bo‘yicha amalga oshirilishi, keyingi oyda esa haqiqiy hajm asosida qayta hisoblanishi mumkin.

Bazaviy iste’mol me’yori

Aholi uchun tabiiy gazning oylik bazaviy me’yori:

  • isitish mavsumida — 500 kub metr;
  • boshqa mavsumda — 100 kub metr.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi oktyabrь—fevralь, boshqa hududlarda noyabrь—fevralь oylarini qamrab oladi.

Bazaviy me’yordan ortiq hajmlarga oshirilgan tarif bosqichlari qo‘llaniladi. Amaldagi tarif iste’mol hajmi va hisob-kitob davriga qarab billing tizimida avtomatik hisoblanadi.

Bazaviy me’yorlar va kompensatsiya tartibi Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori bilan belgilangan.

Telefon orqali xabar berish

Iste’molchining telefon raqami billing tizimida mavjud bo‘lsa, gaz ta’minoti tashkiloti to‘lov zarurligi haqida:

  • SMS-xabar;
  • avtomatik ovozli qo‘ng‘iroq orqali xabar berishi mumkin.

Bunday xabar rasmiy ogohlantirish hisoblanadi. Telefon raqami o‘zgarsa, iste’molchi ma’lumotni joriy oy yakuniga qadar gaz ta’minoti tashkilotiga bildirishi yoki shaxsiy kabinetda yangilashi kerak.

Qarzdorlik va penya

Iste’mol qilingan gaz haqi o‘z vaqtida to‘lanmasa:

  • qonunchilikda belgilangan miqdorda penya hisoblanadi;
  • gaz ta’minoti to‘xtatilishi mumkin;
  • qarzdorlik belgilangan tartibda undiriladi.

Muhim: gazdan uzib qo‘yilmaslik uchun shaxsiy hisobvaraqda etarli oldindan to‘lov mavjudligini muntazam tekshirib turish lozim.

Hisob-kitob tartibi Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan.

Chat