Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 279132 marta o'qildi

  • Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
  • Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
  • Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.
  • «Yagona reestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.
  • Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi
  1. ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  2. chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);
  3. bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi;
  4. oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari, arizachi va uning oila a’zolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq foydalanuvida bo‘lgan avtotransport vositalari, bog‘ va dehqon xo‘jalik erlari, ijarasidan yoki boshqa faoliyatdan olingan daromad ushbu oilaga kelib tushadigan noturar joylari to‘g‘risida ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot;
  5. ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan «Yagona reestr» ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan Nizomning 3b-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza.

  • Bunda birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolarining haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javobgar bo‘ladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi.
  • Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi.
  • Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar qo‘shimcha besh kun ichida, biroq ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi shart.


2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali 2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin.


Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun;
  • 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
  • 150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
  • 100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.


Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.


  • Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash
  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etish asoslari
  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash va to‘xtatish

Hayotiy misol

Savol: K. ismli shaxs 2021-yil 1 sentyabrdan boshlab bolali oilalarga nafaqa tayinlashda bir qator o‘zgarishlar bo‘lganligini eshitganligi haqida ma’lum qilib, ular haqida tushuntirish berishni so‘radi. 

Javob: 2021-yil 1 sentyabrdan boshlab:

a) 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:

inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi;

to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi;

uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo‘llanildi;

b) yakka-yolg‘iz bo‘lgan fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash belgilandi.

2021-yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilandi:

a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so‘m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m – yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so‘m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

100 000 so‘mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.

Bunda, 2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolindi.

Chat