Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 38996 marta o'qildi

Bitimlar va mulkiy huquqlarga oid harakatlar

Notariuslar:

  • bitimlarni tasdiqlaydi;
  • vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
  • er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
  • merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
  • meros mol-mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘radi;
  • ochiq kimoshdi savdosida ko‘chmas mulk sotib olinganligini tasdiqlaydi;
  • qonunchilikda belgilangan hollarda mediator vazifasini bajaradi.

Hujjatlar, imzo va yuridik faktlarni tasdiqlash

Notariuslar:

  • hujjat nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi;
  • hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini tasdiqlaydi;
  • hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi;
  • shaxsning tirik ekanligi yoki muayyan joyda turganligi faktini tasdiqlaydi;
  • fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
  • hujjat taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
  • mualliflik va turdosh huquq ob’ekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
  • yuridik shaxs boshqaruv organi qarorini qabul qilish faktini tasdiqlaydi;
  • kelgusida sud yoki boshqa organga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan dalillarni ta’minlaydi.

Elektron va qog‘oz hujjatlar

Notarius qonunchilikda belgilangan hollarda notarial tasdiqlangan ariza, ijara shartnomasi yoki ishonchnomaning elektron shakli qog‘ozdagi hujjatga muvofiqligini tasdiqlashi mumkin.

Muhim: notarius tasdiqlagan elektron shakl tegishli qog‘oz hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega. Biroq bu tartib shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bitimlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Pul, qimmatli qog‘ozlar va ijro harakatlari

Notariuslar:

  • pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qiladi;
  • hujjatlarni saqlash uchun qabul qiladi;
  • cheklarni to‘lovga taqdim etadi va cheklar to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan talablar bo‘yicha ijro xatlarini yozadi;
  • veksellarga protest keltiradi;
  • dengiz protestlarini amalga oshiradi;
  • notarial hujjatlarning dublikatlarini va reestrdan ko‘chirmalarni beradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning ariza yoki boshqa hujjatlarini boshqa shaxslarga topshiradi.

Notarial harakatlarning to‘liq tartibi «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilanadi.

Notarial harakatni rad etish

Notarius, jumladan, harakat qonunga zid bo‘lsa, murojaat qiluvchida zarur vakolat bo‘lmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar qonunchilik talablariga javob bermasa, notarial harakatni rad etadi.

Rad etish haqidagi qaror murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan chiqariladi. Manfaatdor shaxs qaror ustidan notarial idora joylashgan erdagi sudga shikoyat qilishi mumkin.

Chat