Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4648 marta o'qildi

Chipta sotish:
  • chipta sotish avtomatlashtirilgan tizim yordamida amalga oshiriladi;
  • chiptani rasmiylashtirish shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi;
  • chiptalar naqd pulga, plastik kartochkaga yoki boshqa to‘lov turlari orqali sotiladi;
  • chiptalarga buyurtmalar aloqa vositalari orqali yoki shaxsan hozir bo‘lganda qabul qilinadi;
  • chiptalar buyurtma tushgan vaqtdan boshlab 1 sutka mobaynida buyurtmachiga qo‘shimcha haq evaziga etkazilishi mumkin.

Chiptaning old qismida ko‘rsatiladigan ma’lumotlar
  • yo‘lovchining familiyasi;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat tartib raqami va seriyasi;
  • poezd, vagon va joy tartib raqami;
  • poezdning jo‘nash sanasi va vaqti.

Chipta sotish tartibi buzilishi natijasida yo‘lovchiga joy taqdim qilish
  • chipta noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa;
  • vagonda bo‘sh joylar bo‘lmasa-da, chipta berilgan bo‘lsa;
  • bitta joyga 2 va undan ortiq shaxsga chipta sotilganligi aniqlansa.

Chiptaning qiymatini yo‘lovchiga qaytarish
  • chiptada ko‘rsatilgan poezd bekor qilinganda;
  • yo‘lovchilarning harakat yo‘nalish punktidan jo‘nashi 1 soatdan ortiqqa kechikkanda;
  • yo‘lovchilarga chiptada ko‘rsatilgan joylar taqdim qilinmaganda va boshqa joylardan foydalanish rad etilganda;
  • yo‘lovchi kasal bo‘lganda.

Abonement chiptasini olish va undan foydalanish
  • abonement chiptalari ularda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha barcha shaharlararo qatnovchi poezdlarda yurish huquqini beradi.
  • abonement chiptalari amal qilish muddatidan 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muhlatda oldindan sotilishi mumkin.

Abonement chiptasi uchun:

  • oylik 50-marta poezdda yurish qiymati;
  • mavsumiy – tegishli ravishda 200-marta poezdda yurish qiymati;
  • yarim yillik300-marta poezdda yurish qiymati;
  • yillik 600-marta poezdda yurish qiymati doirasida to‘lanadi.

Vokzallarda quyidagi shaxslar uchun maxsus kassalar ajratiladi:
  • bolali yo‘lovchi;
  • harbiy xizmatchi;
  • nogironligi bor shaxs, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • yo‘llanma bo‘yicha ketayotgan yo‘lovchi (yoz mavsumida);
  • ta’til davrida temir yo‘lchilar va talabalar uchun.

Tashuvchi yo‘lovchilarni quyidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak:
  • ish va xizmatlar ro‘yxati, ularning qiymati;
  • poezdlarning jo‘nash va kelish vaqtlari;
  • chiptalarni sotish muddatlari;
  • poezdlarda tashish taqiqlangan buyumlar ro‘yxati;
  • qo‘l yukini tarozida bepul tortish joylarining joylashishi;
  • dam olish xonalari, ona va bola xonalarida joy berish;
  • imtiyoz va afzallik beriladigan fuqarolar toifalari ro‘yxati;
  • majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash tartibi;
  • chipta narxiga kirmaydigan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxati;
  • da’volarni qabul qiluvchi shaxsning nomi va manzili.

Ma’lumotlar stantsiyalar va vokzallarda, poezdlarda davlat tilida taqdim qilishi kerak.

Mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqib, ma’lumot boshqa tillarda ham taqdim qilinishi mumkin.

Chat