Iste’molchilarga tabiiy gazni uning hajmini hisobga olmasdan etkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Gaz hajmini hisoblash uchun:
Tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hisoblagich ma’lumotlari gaz ta’minoti tashkilotining elektron dasturiga onlayn tarzda yuboriladi.
Maishiy iste’molchining hisoblagichi, ichki gaz tarmog‘i va gaz uskunalarini oddiy tekshirish soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi. Vakolatli xodim o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi kerak.
Avariya yoki gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq favqulodda holatlarda vakolatli xodimlarning xonalarga kirishi kunning istalgan vaqtida ta’minlanishi lozim.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Unda:
Iste’molchi hisoblagich va gaz uskunalarini ko‘zdan kechirishga imkoniyat bermasa, bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etsa:
Muhim: vakolatli xodimlarni tekshiruvga qo‘ymaslik va tegishli dalolatnomani imzolashdan asossiz bosh tortish gaz ta’minotidan uzib qo‘yishga asos bo‘lishi mumkin.
Quyidagi holatlar aniqlanganda iste’mol qilingan gaz hajmi qonunchilikda belgilangan davr uchun qayta hisoblanadi:
Qayta hisoblash davri qoidabuzarlik turiga qarab oxirgi haqiqiy ma’lumot, oxirgi ko‘rik, xatlov yoki qiyoslov sanasidan boshlab belgilanadi.
Materialdagi qoidalar Vazirlar Mahkamasining 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga asoslanadi.