✅ Oila kodeksining 25-moddasiga ko‘ra, er va xotinning nikohga qadar tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olingan mol-mulki har birining o‘z mulki hisoblanadi. Shu sababli, Siz avtomashinadan ulush ololmaysiz. 2 xonali kvartira esa er-xotinning umumiy mulki xisoblanib, undan ulush olishga xaqlisiz.
✅ Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega. Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ularga imkoniyat berishi mumkin. Shuningdek, bola bilan ko‘rishib turish vaqtini belgilash va to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash yuzasidan sudga da’vo ariza bilan murojaat qilish mumkin.
✅ Oila kodeksining 62-moddasiga asosan bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan, lekin o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs vafot etgan taqdirda uning otalik fakti sud tomonidan belgilanadi.
✅ Bolaning o‘lik tug‘ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat ichida shu muassasa joylashgan erdagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.
✅ FHDYo organi ota-onaning birgalikdagi arizasiga binoan bola 16 yoshga to‘lguncha bola manfatlarini e’tiborga olib, uning ismini o‘zgartirishga, shuningdek unga berilgan familiyani ham otasi yoki onasining familiyasiga karab o‘zgartirishga haqli. 16 yoshga to‘lganidan keyin ota-ona roziligi olinmaydi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining rasmiy saytida elektron sud xizmatlari portali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, My.sud.uz saytiga murojaat qilish orqali fuqarolik, jinoyat, ma’muriy hamda iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘z murojaatingizni elektron shaklda yo‘llashingiz mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga tegishli bo‘lgan oilaviy nizolarga oid 36 turdagi da’vo arizalarining namunalari mavjud. ✅ Shuni unutmaslik lozimki, har doim ham ajrashish masalalari sudlarda ko‘rilmaydi. Nikohdan ajratish sud tartibida yoki Fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etish organlarida (FHDYo) amalga oshirilishi mumkin.
✅ er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lganda; ✅ er-xotin o‘rtasida umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lganda; ✅ er-xotin o‘rtasida bolalar to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lganda; ✅ agar er-xotindan biri nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza berishdan bosh tortsa yoki FHDYo organiga ariza berish uchun shaxsan kelish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoxud ariza berib, nikohdan ajratishni qayd etish uchun hozir bo‘lmagan taqdirda; ✅ spirtli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi oqibatida muomala layoqati cheklangan shaxslar bilan nikohdan ajratish to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lganda.
✅ voyaga etmagan umumiy bolalari bo‘lmagan er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lgan taqdirda; ✅ er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar, er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa; ✅ ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa (bunda ham er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar); ✅ sodir qilgan jinoyati uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa (bunda ham er-xotindan birining arizasi bo‘yicha, ular o‘rtasida voyaga etmagan umumiy bolalar borligidan qat’i nazar).