✅ Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auktsionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. ✅ Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auktsionga qo‘yiladi).
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasidagi yer uchastkalari: ✅ Yer uchastkasini berish bo‘yicha imtiyozlar bir oilaga bir marta (mulkdorning nomiga) beriladi va oilaning boshqa a’zolariga tatbiq etilmaydi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandiga ko‘ra, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini olishga tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qilinadi va arizaga:
✅ Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq yer uchastkalarini taqdim etish hollari mustasno bo‘lgan holda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasiga ko‘ra, oilali va qishloq joylarda kamida 3 yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. ✅ Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun er uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. ✅ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun er uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga oilasining tarkibini va er uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.