Bola huquqlari bo‘yicha vakil — bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashuvchi mustaqil mansabdor shaxs.
U o‘z vakolatlarini davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan holda amalga oshiradi hamda Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.
Bolalar ombudsmani mavjud sud, prokuratura, vasiylik va homiylik organlari hamda boshqa himoya vositalarini almashtirmaydi, balki ularni to‘ldiradi.
Bolalar ombudsmani:
Bolalar ombudsmaniga:
Bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi sababli uning shikoyatini ko‘rib chiqmasdan qoldirish mumkin emas.
Bolaning o‘zi bergan shikoyat Bolalar ombudsmani tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
Shikoyat og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin. Unda murojaat qiluvchi haqidagi ma’lumotlar, huquqni buzgan tashkilot yoki mansabdor shaxs va nizoli harakat yoki harakatsizlikning mazmuni ko‘rsatiladi.
Shikoyat huquq buzilganligi ma’lum bo‘lgan kundan yoki boshqa himoya vositalari qo‘llanilgan bo‘lsa, oxirgi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yil ichida beriladi. Uzrli sabab bo‘lganda o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Anonim murojaatlar va bevosita sud vakolatiga kiradigan masalalar Bolalar ombudsmani tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Shikoyatni tekshirishda Bolalar ombudsmani tashkilotlardan hujjat va ma’lumotlar talab qilishi, mansabdor shaxslardan tushuntirish olishi, tashkilotlarga moneliksiz kirishi hamda mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
U bolalar o‘z xohishi bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarni monitoring qiladi, bolalar bilan xoli suhbat o‘tkazishi va qonunga xilof harakatlarni to‘xtatish choralarini ko‘rishi mumkin.
Material «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi Qonun asosida tayyorlandi.