Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16093 marta o'qildi

Er-xotin familiyani qanday tanlaydi?

Nikoh davlat ro‘yxatiga olinayotganda nikohlanuvchilar:

  • er yoki xotinning familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashi;
  • har biri nikohgacha bo‘lgan familiyasini saqlab qolishi;
  • familiyalarni qo‘shish orqali hosil qilingan qo‘sh familiyani tanlashi mumkin.

Masalan, kuyovning familiyasi Axmedov, kelinniki Shuhratova bo‘lsa, ular Axmedov-Shuhratov va Axmedova-Shuhratova familiyalarini tanlashi mumkin.

Muhim: umumiy familiyani tanlash majburiy emas. Har bir nikohlanuvchi o‘z familiyasini saqlab qolish huquqiga ega.

Hujjatlarni almashtirish

Nikoh munosabati bilan familiyasi o‘zgargan shaxs bir oy ichida:

  • pasport yoki ID-kartasini;
  • mavjud bo‘lsa, xorijga chiqish pasportini almashtirishi kerak.

Haydovchilik guvohnomasi, bank hisobvaraqlari, mulk hujjatlari, mehnat va ta’limga oid ma’lumotlarda ham yangi familiyani qayd ettirish zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Harbiy hisobda turgan shaxslar

Nikoh natijasida familiyasi o‘zgargan harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchi haqidagi ma’lumotlar FHDYoning yagona elektron arxivi orqali idoralararo axborot tizimiga avtomatik yuboriladi.

Chat