O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxs bola hisoblanadi.
Bolaning huquqlari tug‘ilgan paytdan boshlab davlat tomonidan himoya qilinadi. Har bir bola millati, jinsi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, sog‘lig‘i va boshqa holatlaridan qat’i nazar teng huquqlarga ega.
Har bir bola:
Bolani ota-onasidan ajratishga faqat qonunda belgilangan hollarda va bu bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bolaning eng ustun manfaatlari uning huquqlariga taalluqli har qanday qarorda birinchi navbatda hisobga olinishi kerak.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukasi, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega.
Ota-onaning nikohdan ajralishi, alohida yashashi yoki turli davlatlarda istiqomat qilishi bolaning ularning har biri bilan muloqot qilish huquqini bekor qilmaydi.
Agar muloqot bolaning jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar etkazmasa, bola bilan birga yashayotgan ota yoki ona ikkinchi ota-onaning bola bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Bola oilada uning manfaatlariga daxldor har qanday masala hal qilinayotganda o‘z fikrini bildirishga, shuningdek sud yoki ma’muriy muhokama jarayonida eshitilishga haqli.
Bolaning yoshi va etuklik darajasiga qarab uning fikri inobatga olinadi. Qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda o‘n yoshga to‘lgan bolaning roziligi talab etiladi.
Har bir bola:
Bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, birinchi navbatda, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar himoya qiladi.
Qonunda belgilangan hollarda himoya:
Bola huquqlari buzilganda u vasiylik va homiylik organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lgandan keyin esa mustaqil ravishda sudga murojaat qilishi mumkin. Bola Bolalar ombudsmaniga yoshidan qat’i nazar shikoyat berish huquqiga ega.
Material O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun hamda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi Qonun asosida tayyorlandi.