Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 27510 marta o'qildi

Ish beruvchi - xodimni ishga qabul qilish huquqiga ega shaxs korxona rahbari.

Ish beruvchining huquqlari:
  • korxona, tashkilot va muassasani boshqarish va qaror qabul qilish;
  • yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
  • ishni bajarishni xodimdan talab qilish;
  • o‘z manfaatida jamoat birlashmasiga birlashish.

Ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish va samaradorligini oshirish hisoblanadi.


Ish beruvchining majburiyatlari

  • xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish;
  • xodimga dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish, ta’til berish;
  • xodimning mehnatiga haq to‘lash;
  • xodimning sog‘ligi va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash;
  • xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish;
  • xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish.

Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish beruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Chat