Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
Ishlamaydigan pensionerlarga faxriy unvonlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.
Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1140" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Sudga murojat qilish tartibi bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting.