Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18198 marta o'qildi

Xizmat safari — tashkilot rahbarining buyrug‘iga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning o‘zining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirig‘ini bajarish uchun ma’lum bir muddatga yuborilishi.


Xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yo‘ldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.


Montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarning xizmat safari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Tashkilotda xizmat safariga ketayotgan va qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsus jurnallarda “O‘zASBO” dasturiy majmuasida (yoki buxgalteriya hisobini yurituvchi axborot tizimida) elektron yuritiladi.

  • Xodimga u yuborilgan tashkilotdagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.
  • Agar xodim dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan bo‘lsa, kompensatsiya to‘lanadi. 
  • Agar xodim xizmat majburiyatlarini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga safardan qaytgach boshqa dam olish kuni beriladi.

Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir hududlarga yuborilgan xodimlarga o‘sha hudud uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar ham to‘lab beriladi.

Xodimga turar joy bilan bog‘liq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga borish hamda doimiy ish joyiga qaytish yo‘l xarajatlari qoplanadi, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.

Mehmonxona xarajatlarining bir kunlik qoplash miqdori tegishlicha BHMning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha miqdordan oshmasligi lozim

Turar joyda yashaganligi bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.  

Chat