Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Javob: Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab, har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lash belgilangan.
Bunda, pensiyaga qo‘shimcha to‘lov shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi hamda qo‘shimcha to‘lovni to‘lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Javob: To‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-sonli qaroriga asosan 1941-1945-yillardagi urush natijasida nogiron bo‘lib qolgan shaxslar, urush qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar ambulator davolanish uchun dori vositalari bilan ta’minlanish imtiyozidan foydalanish huquqiga ega.
Mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini oluvchi oila a’zolari bo‘lgan hollarda moddiy yordam to‘lovlari yoki boshqa nafaqalar berish rad etiladi.
Pensiya yoshidagi shaxslar, 18 yoshgacha nogiron bolalar, 18 yosh va undan katta nogironlar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya uskunalari va nogironlar aravachalarini bepul olish huquqiga ega.
Ushbu shaxslarga beriladigan protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya uskunalari va nogironlik aravachalari tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul beriladi.