Texnik shart, issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish quyidagi hollarda talab etilmaydi:
Bunday hollarda faqat hisobga olish tizimini o‘rnatish, plombalash va issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzish uchun murojaat qilinadi.
Issiqlik energiyasini issiqlik ta’minoti shartnomasini tuzmasdan etkazib berish taqiqlanadi.
Iste’molchi DXM yoki YaIDXP orqali so‘rovnoma yuboradi. Issiqlik ta’minoti korxonasi QR-kodli texnik shartlarni 3 ish kuni ichida ishlab chiqadi.
Ulanish yoki mavjud issiqlik yuklamasini oshirishning texnik imkoniyati mavjud emasligi rad etish uchun asos bo‘ladi. Boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Iste’molchi loyiha ishlarini bajarish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi yoki boshqa loyihalash tashkiloti bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Tayyorlangan elektron loyiha DXM yoki YaIDXP orqali kelishishga yuboriladi. Issiqlik ta’minoti korxonasi loyihani 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqib, QR-kodli xulosa beradi.
Loyiha texnik shartlardan chetga chiqqan bo‘lsa, kelishish rad etilishi mumkin. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin takroriy kelishish 1 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlari issiqlik ta’minoti korxonasi yoki boshqa tegishli tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida bajariladi.
Ishlar yakunlangandan keyin DXM yoki YaIDXP orqali texnik ko‘rik uchun so‘rovnoma yuboriladi. So‘rovnoma avtomatik ravishda O‘zenergoinspektsiyaga kelib tushadi.
O‘zenergoinspektsiya:
Texnik ko‘rik muddati — 2 ish kuni. Kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin qayta ko‘rik 1 ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Issiqlik ta’minoti korxonasi so‘rovnoma tushganidan keyin 1 ish kuni ichida ob’ektga chiqib, hisobga olish priborini plombalaydi.
Plombalangan kunning o‘zida iste’molchiga:
elektron shaklda yuboriladi.
Iste’molchi shartnomani 5 ish kuni ichida ERI bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmati uchun:
Texnik shart berish, loyihani kelishish, qurilmalarning ekspluatatsiyaga tayyorligini aniqlash va hisoblagichni plombalash uchun davlat xizmati yig‘imidan tashqari alohida haq undirilmaydi.
Jismoniy shaxslar uchun: