Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1355 marta o'qildi

Hokimliklar va shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organlari, aholining ehtiyojlariga qarab yo‘nalish tarmoqlarini hamda shahar yo‘lovchilar transportining har xil turlarini ulardan samarali foydalanishni nazarda tutgan holda rivojlantirishni ta’minlaydilar.

  • Yo‘nalishlarni tashkil etish, yangi yo‘nalishlar ochish va ishlab turganlarini o‘zgartirish, bekatlarni, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini joylashtirish erini aniqlash shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi tomonidan hokimliklar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
  • Yo‘lovchilarning, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilarning transport vositasiga chiqishi va undan tushishining xavfsizligini ta’minlash maqsadida bekatlar va to‘xtab o‘tish manzillari hududida jihozlangan supachalar bo‘lishi lozim.
  • Bekatlar va to‘xtab o‘tish manzillarida aholiga xizmatlar ko‘rsatish ob’ektlari joylashtirilishi mumkin. Bunda yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi hamda transport harakati xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
  • Bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillari mazkur turdagi inshootlarga qo‘yiladigan sanitariya va texnika talablariga mos, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim.
Chat