Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1016 marta o'qildi

Kichik uy hayvonlari va parrandalarni yo‘lovchi poezdlarning barcha vagonlarida, faqat veterinariya ma’lumotnomasi bilan, shuningdek, boshqa yuklarga zarar etkazilishidan va vagonni ifloslanishidan saqlagan holda tashish mumkin. Ular taralarga (qutilarga, savatlarga, qafaslarga) joylashtirilishi va qo‘l yuklarini tashish uchun mo‘ljallangan joylarga erkin joylashtirilishi kerak.

Ushbu tashuv bagaj sifatida rasmiylashtiriladi va bagaj kvitantsiyasi beriladi (shaharlararo yo‘nalishlar poezdidan tashqari) va “Yo‘lovchining qo‘l bagaji” deb yoziladi.

Tashuvga tarif bo‘yicha to‘lov olinadi

Itlarni, uy hayvonlari, parrandalarni boqish va qarash ularning egalari yoki hamrohlik qiluvchining majburiyati hisoblanadi (yo‘lovchining aybi bilan tashuvni ushlanib qo‘lishidan tashqari);

Yovvoyi hayvonlarni, kemiruvchilarni, katta va kichik chorvalarni va otlarni tashish taqiqlanadi.




Kichik uy hayvonlari, qushlar, parrandalar, itlar va arilarni bagaj sifatida tashish
  • Itlar, qushlar, kichik uy hayvonlarini maxsus konteynerlarda bagaj sifatida va boshqa bagajlar, hamda vagonni iflos qilmaydigan tarada (qafas, savat, qutilarda) tashish mumkin. Tara tashilayotgan hayvonlarning hajmi va soniga mos kelishi hamda juda katta bo‘lmasligi lozim. Tara bilan bog‘liq bahsli vaziyatda bu bagaj bo‘limi boshlig‘i tomonidan hal etiladi.
  • Poezd ketishidan 3 soat oldin qushlar, kichik hayvonlar va arilar tashilishga qabul qilinadi. Ularning tashuviga belgi qo‘yilgan kvitantsiya beriladi:  “Qafasda it”, “Qafasda qushcha” ularning og‘irligi, tarasi, soni ko‘rsatiladi.
  • Ular poezd kelishidan 12 soatdan kechiktirmasdan borar stantsiyasida qabul qilinishi kerak.
  • Bagaj kvitantsiyasi yo‘qotilgan taqdirda, tashilayotgan qushlar, itlar, kichik hayvonlar va arilar faqatgina yo‘lovchiga tegishliligi isbotlangan taqdirda yo‘lovchiga tilxat orqali beriladi.
  • Tashishga tarif bo‘yicha to‘lov olinadi,  har biriga yoki har bir joyga 20 kg yuk uchun.
  • Yovvoyi hayvonlar bagajda tashish uchun  qabul qilinmaydi.


Zotli itlarni tashish
  • Yo‘lovchi tashish poezdlarida katta zotli itlarni, shu jumladan xizmat itlarining tashilishi (veterinar ma’lumotnomasi mavjud bo‘lganda) quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
    • ushbu poezdda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, bagaj vagonlarida poddonli maxsus konteyner yoki qutilarda;
    • ushbu vagonda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, lokomotiv orqasidan birinchi ulangan platskart vagoni ishlamaydigan tamburda (ko‘pi bilan ikkita it).
    • shahar atrofi poezdining tamburida (ikkitadan ko‘p bo‘lmagan it) egalari nazorati ostida
  • Egasining ixtiyoriga ko‘ra it uchun to‘liq qiymatli chipta sotib olinishi yoki yo‘lovchi tashish poezdlari kupe vagonlarida butun kupe sotib olinishi mumkin.
  • Kichkina zotli itlarni va kuchuk bolalarini o‘zi bilan birga ularni tara (sumka, savat, qafas va boshqalar)ga joylashtirgan holda yo‘lovchi tashish poezdlarining barcha vagonlarida olib yurish mumkin. Itlar, taralarga joylashtirilganidan tashqari, burunbog‘ bilan va etaklash arqonida (jumladan shaharlararo qatnovchi poezdlarda ham) tashiladi.
  • Ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar kuzatuvchi itlarini o‘zi bilan birga barcha vagonlarda bepul olib yuradilar.
  • Bir guruh itlarni tashishga, faqat tashuvchi nomiga yo‘lovchi tashish poezd jo‘nashidan 5 sutka oldin taqdim qilinadigan buyurtmanomalarga asosan alohida vagonlarda ijara shartlarida yo‘l qo‘yiladi.
  • Qimmatbaho (qimmat) itlarni tashishga yig‘im olinadi.


Arilarni tashish

Arilar bagaj vagonida tashishga tashqi havo temperaturasi +10o S dan ortiq bo‘lmagan holatda qabul qilinadilar. Arilar ari uyalarida yoki fanerli paketlarda, shu yo‘lovchi tashish poezdida ketishi lozim bo‘lgan kuzatuvchi nazorati ostida tashiladi. Vagonda ari uyalari va paketlar shunday o‘rnatiladiki, ari uyalarini shamollatish tirqishlari to‘silib qolmasligi va ularga erkin borilishi ta’minlanishi lozim.


Ko‘chatlar va o‘simliklarni tashish

Fuqarolardan tashishga o‘simliklar, ko‘chatlar va boshqa ekiladigan narsalar, agar ularning o‘rami tashish saqlanishini kafolatlasa va ular boshqa yo‘lovchilar bagajini ifloslantirmasa, qabul qilinadi. Bu holda bagajning har bir joy vazni 25 kg dan va balandligi 2 metrdan oshmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan jo‘natmalar karantin e’lon qilingan hududlarda joylashgan stantsiyalarda, yuk egasi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq tashish huquqini beruvchi karantin hujjati taqdim etilganda qabul qilinadi.

Chat