Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5056 marta o'qildi

Tashishga o‘z o‘lchamlari, o‘rami va xususiyatlariga ko‘ra belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish tartibotlaridan o‘tishi, yo‘lovchi bagajlariga zarar etkazmasdan, qiyinchiliksiz bagaj vagoniga yuklanishi va joylashtirilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Bagaj bagajni qabul qilish va berish operatsiyalarini amalga oshiradigan stantsiyalargacha tashiladi.

Yo‘lovchi bagajining tarasi yoki qadoqlanishi, tashish davrida narsalarning saqlanishini ta’minlashi kerak.

Yo‘lovchi bagajni tashishga oldindan, lekin yo‘lovchi tashish poezdi jo‘nashidan 2 soatdan kechiktirmasdan topshirishi mumkin, bunda bagajni saqlaganlik uchun to‘lovlar olinadi.

  • Jomadonlar, sandiqlar, savatlar, yashiklar, quti va toylar mahkam bog‘langan bo‘lishi kerak.
  • Bagaj tashishga nosoz o‘ramda taqdim etilganda, tashuvchi uni tashishga qabul qilishni rad etadi.

O‘rami bagajning yo‘qolishi yoki buzilishi xavfini vujudga keltirmaydigan bunday kamchiliklarga ega bo‘lgan bagaj, tashish hujjatlarida ushbu kamchiliklar ko‘rsatilgan holda tashishga qabul qilinishi mumkin.


Tashuvchi yo‘lovchi tomonidan bagajning boshqa buyumlari orasida o‘ralgan sinuvchi va mo‘rt buyumlar, tez buziladigan mahsulotlar, shuningdek alohida o‘ralgan sinuvchi va mo‘rt buyumlar (oyna, chinni, televizorlar, priyomniklar) qoniqarsiz holati yoki shikastlanganligi uchun, agar bunda bagaj shikastlanishini keltirib chiqaruvchi o‘ramning bironta tashqi buzilishlari mavjud bo‘lmasa, bagaj egasi oldida javob bermaydi.

  • Bagaj yo‘lovchi jo‘nash stantsiyasida ham, harakat yo‘nalishidagi bagaj operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan har qanday oraliq stantsiyasida ham tashish uchun topshirilishi mumkin.
  • Manzil stantsiyasi sifatida faqat yo‘lovchi boradigan oxirgi stantsiya emas, balki harakat yo‘nalishida joylashgan va bagaj operatsiyalarini bajarish uchun ochiq bo‘lgan har qanday stantsiya xizmat qilishi mumkin.
  • Jo‘nash dastlabki stantsiyada chipta bo‘yicha bagaj qabul qilish, uning vazniga bog‘liq ravishda bir yoki bir nechta bagaj kvitantsiyalarini taqdim qilish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

Yo‘lovchi tomonidan chipta ko‘rsatilganda tashuvchi bagajni tashish uchun qabul qilishi va uni tegishli manzil bo‘yicha tarkibida bagaj vagoni bo‘lgan birinchi yo‘lovchi tashish poezdida yoki pochta-bagaj poezdida jo‘natishi shart.

Chat