Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 15002 marta o'qildi

Vakolatli organ:

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (markaziy boshqaruv organi uchun), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • ariza
  • davlat tilidagi ustav yoxud yuridik shaxs hisoblanadigan alohida bo‘linma to‘g‘risidagi nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan va ta’sischi(lar) vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
  • ta’sis shartnomasi — NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;  
  • NNTni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis s’ezdi (konferentsiyasi)ning yoki umumiy yig‘ilishning bayonnoma yoxud ta’sischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun tegishli alohida bo‘linmalar tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi);
  • NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka yoki undan foydalanishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
  • siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud ta’sischilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun — nomi, pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi ko‘rsatiladi;

Qo‘shimcha tartibda quyidagilar taqdim etilishi mumkin:

  • Kasaba uyushmalari uchun – tashabbuskor fuqarolar, kamida uch ming kishining ro‘yxati;
  • Boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari – kamida o‘n kishining ro‘yxati;
  • Siyosiy partiyalar uchun - «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan: siyosiy partiyaning dasturi; mazkur partiyaga birlashish xohishini bildirgan, kamida sakkizta hududiy sub’ektlarda (viloyatlarda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati, saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi partiya oliy organining qarori;
  • Alohida bo‘linmalar uchun - bosh NNT davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ;
  • Jamoat fondlari uchun – dastlabki mablag‘larning shakllanganligini tasdiqlovchi hujjat (vaqtincha jamg‘arib boriladigan hisob raqamlariga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi);
  • Vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan jamoat fondlari uchun – notarial tasdiqlangan vasiyatnomaning nusxasi;

Xizmat uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori.

NNT ramzlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yig‘im undiriladi.

Muddat: 1 oy.

Chat