Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18983 marta o'qildi

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ota-onasining g‘amxo‘rligidan foydalanish va ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega (bola manfaatiga zid bo‘lmagan hollarda).

Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.

Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda, uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.

Chat