Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14258 marta o'qildi

Ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas.

  • Ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarining jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar etkazishga haqli emas. Bolalarni tarbiyalash usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan holi bo‘lishi kerak.
  • Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga taalluqli masalalar bolalar manfaatidan kelib chiqqan va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o‘zaro kelishuv asosida hal etiladi. Agar ota-ona o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.
  • Ota-ona alohida yashaganda, bolalarning qaerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi.

Boladan alohida yashayotgan ota(ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirishi
  • Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
  • Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.
  • Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
  • Boladan alohida yashayotgan ota (ona) tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan o‘z bolasi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega.
  • Ota (ona) tomonidan bolaning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf-xatar bo‘lgandagina, ularga axborot berish rad etilishi mumkin. Axborot berishning rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Chat