Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 760 marta o'qildi

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o‘z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag‘ olayotgan joyida to‘lanadi.

  • Voyaga etmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi.
  • Voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga etguniga qadar bo‘lgan davr uchun, shu jumladan ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo‘li bilan oldindan to‘lanishi mumkin.
  • Alimentning ixtiyoriy ravishda to‘lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Majburiy ijro byurosiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Chat