Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31 marta o'qildi

Ishga kirishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • pasport (ID karta) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun – tug‘ilganlik guvohnomasi va yashash joyidan ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasi (birinchi marta ishga kirayotganlar taqdim etmaydi), o‘rindoshlik asosda ishga kirayotganlar - asosiy ish joyidan ma’lumotnoma;
  • harbiy bilet yoki harbiy hisob guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun);
  • maxsus ma’lumotga ega shaxs bajarishi mumkin bo‘lgan ishga kirayotganda, diplom yoki mazkur ishni bajarish huquqini beradigan hujjat.

Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy bo‘lmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.

Ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Chat