Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9185 marta o'qildi

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. Ular shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘iga etkazilgan zarar uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Tez tibbiy yordam sog‘liqni saqlash tizimining maxsus tez tibbiy yordam xizmati tomonidan ko‘rsatiladi.

Fuqaroning hayoti xavf ostida bo‘lgan taqdirda tibbiyot xodimlari uni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun har qanday transport turidan foydalanish huquqiga ega.

Militsiya, yong‘indan saqlash, avariya xizmatlari, transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek boshqa kasb vakillari voqea sodir bo‘lgan joyda birlamchi shoshilinch yordamni ko‘rsatishlari shart.

Chat