Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 18070 marta o'qildi

Sanitar avtomobillar soni qanday belgilanadi?

Tez tibbiy yordam xizmati uchun maxsus avtotransport vositalari aholi sonidan kelib chiqib belgilangan me’yorlar asosida ajratiladi.

Shahar va qishloq aholisi uchun har 13 ming kishiga 1 ta zambilli sanitar avtomobilь bo‘lishi nazarda tutilgan.

Reanimobillar soni esa zambilli sanitar avtomobillarning umumiy sonidan kamida 10 foizni tashkil etishi lozim.

M-39 xalqaro avtomobilь trassasining Qamchiq dovoni uchastkasida trassa bo‘yidagi tibbiy punktlar faoliyatini ta’minlash uchun har 20 kilometrga 1 ta zambilli sanitar avtomobilь ajratilishi belgilangan.

Sanitar avtomobillardan qancha vaqt foydalaniladi?

Maxsus avtotransportdan foydalanish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:

  • shahar sharoitida sanitar avtomobillar — 8 yil;
  • qishloq va tog‘li hududlarda sanitar avtomobillar — 7 yil.

Olis hududlarda aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zaruratidan va hududning geografik joylashuvidan kelib chiqib, belgilangan me’yorlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Tez tibbiy yordam brigadasi nimalar bilan ta’minlanadi?

Tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalari belgilangan tabelь asosida tibbiy moslamalar va inventarь bilan jihozlanadi.

Ularga, jumladan:

  • portativ EKG apparati;
  • zarur hollarda defibrillyator va o‘pkani sun’iy havolantirish apparati;
  • Ambu xaltachasi;
  • tonometr va fonendoskop;
  • immobilizatsiya vositalari va zambil;
  • tibbiy sumka va zarur tibbiy asboblar;
  • bog‘lash materiallari;
  • bir martalik tibbiy buyumlar;
  • maxsus kiyim-bosh va salondagi yumshoq inventarь kiradi.

Maxsus va umumiy yo‘nalishdagi brigadalarning jihozlanish tarkibi ular bajaradigan vazifalardan kelib chiqib farq qilishi mumkin.

Chat