Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6425 marta o'qildi

Agar rasmiylashtirilgan (bronь qilingan) chiptaga ega yo‘lovchiga havo kemasida tashuvchi tomonidan joy berish rad etilsa, hamda agar bu yo‘lovchining uchish punktida o‘rnatilgan vaqtdan ortiq qolib ketishiga sabab bo‘dsa, yo‘lovchiga etkazilgan zarar tashuvchi tomonidan pul yoki bepul qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish bilan qoplanadi.

Agar parvoz vaqti kechiktirilsa, tashuvchi yo‘lovchiga etkazilgan zararni qoplashi zarur. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.

Yo‘lovchiga etkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan bepul qo‘shimcha ko‘rsatiladigan xizmatlar
  • bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
  • parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;
  • tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash;
  • kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;
  • chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.

Yo‘lovchiga kompensatsiya to‘lanmaydigan holatlar
  • yo‘lovchi boshqa reysda uchishdan bosh tortsa va chipta uchun to‘langan pulning majburiyat bajarilmagan qismi doirasida joyida to‘lab berishni talab qilsa;
  • yo‘lovchi tashuvchining chipta olish va ro‘yxatdan o‘tishga kelish muddatlari bilan bog‘liq talablariga rioya qilmasa;
  • yo‘lovchi mazkur parvozdan chetlatilganda;
  • yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tib, uchib ketish joyiga kelmasa;
  • reysda yo‘lovchiga uni chiptasida ko‘rsatilgan klassdan yuqoriroq klassda qo‘shimcha haq olmasdan tashish taklif etilsa;
  • tashuv bepul amalga oshirilayotgan bo‘lsa.

Chat