Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2920 marta o'qildi

Quyidagi hollarda avtomobilь yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkin:
  • noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida;
  • tabiiy ofatlar yuz berganda;
  • yong‘inlar yuz berganda;
  • avtomobilь yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda;
  • ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda.

  

Mahalliy davlat hokimiyati organlari avtomobilь yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash haqida avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda e’lon qilish bilan xabardor qilishlari shart.

Avtomobilь yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlashga quyidagilar haqli:
  • yo‘l tashkilotlari;
  • Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati;
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
  • yuridik va jismoniy shaxslar, o‘zlarining ixtiyorida bo‘lgan yo‘llar bo‘yicha.

  

Chat