Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 70783 marta o'qildi

To‘lov tizimlariga oid Markaziy bankning qator normativ-huquqiy hujjatlari  bekor qilinmoqda | UzReport.news

To‘lov va to‘lov xizmati nima?

To‘lov — pul majburiyatini naqd pul bilan bajarish yoki pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish.

To‘lov xizmatlariga, jumladan, bank hisobvarag‘i orqali to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish, hisobvaraq ochmasdan pul o‘tkazish, elektron pullarni chiqarish va qoplash, bank kartalarini chiqarish hamda qonunda belgilangan boshqa xizmatlar kiradi.

To‘lov xizmati qanday asosda ko‘rsatiladi?

To‘lov xizmati foydalanuvchi bilan to‘lov xizmatini etkazib beruvchi o‘rtasidagi shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta asosida ko‘rsatiladi.

Shartnomada, jumladan:

  • qanday to‘lov xizmatlari ko‘rsatilishi;
  • ularni ko‘rsatish tartibi va muddatlari;
  • yig‘im va komissiyalar miqdori;
  • ruxsat etilmagan to‘lovlardan himoyalanish tartibi;
  • taraflarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilishi kerak.

Komissiya haqi oldindan ma’lum bo‘lishi kerakmi?

Ha. To‘lov xizmati etkazib beruvchi foydalanuvchiga operatsiya amalga oshirilishidan oldin to‘lov xizmati uchun undiriladigan komissiya miqdori haqida axborot berishi kerak. Shartnoma tuzilgan paytda belgilangan komissiyani bir tomonlama oshirishga, qonunda nazarda tutilgan ayrim istisnolardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi.

Bank kartasi yo‘qolsa nima qilish kerak?

Karta yo‘qolsa, o‘g‘irlansa yoki undan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlansa, karta saqlovchisi darhol karta emitentini xabardor qilishi kerak.

Xabarnoma olingach, bank kartani darhol bloklaydi. Bank xabardor qilinguniga qadar yuzaga kelgan xavflar, qoida tariqasida, karta saqlovchisi zimmasida bo‘ladi; xabar berilganidan keyingi ruxsatsiz foydalanish uchun esa emitent qonunda belgilangan tartibda javob beradi.

Ruxsatsiz echilgan pulni qaytarishni talab qilish mumkinmi?

Ha. Kartadan ruxsatsiz foydalanish natijasida pul yo‘qotilgan bo‘lsa, karta saqlovchisi bankka mablag‘ni qoplash haqida ariza berishi mumkin.

Agar bank mablag‘ni qoplash haqida qaror qabul qilsa, pul karta saqlovchisiga qaror qabul qilinganidan keyin 1 kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. Agar rad etilsa, bank rad etish sababini ko‘rsatishi shart.

To‘lov kechiksa yoki noto‘g‘ri amalga oshirilsa nima bo‘ladi?

To‘lov xizmati etkazib beruvchi to‘lov muddatini buzsa, har bir kechiktirilgan kun uchun kechikkan to‘lov summasining 0,1 foizi, lekin jami 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘lashi shart.

Agar to‘lov xizmatini etkazib beruvchining aybi bilan to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilsa, u xato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay mablag‘ni to‘g‘ri oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazishi kerak. Qonunda belgilangan holatlarda to‘lovchi mablag‘ni qaytarish va penya talab qilish huquqiga ham ega.

Eslatma: karta yoki to‘lov ilovasidan ruxsatsiz foydalanish aniqlansa, bankka xabar berishni kechiktirmang. Bank xabardor qilinguniga qadar va undan keyingi operatsiyalar uchun javobgarlik tartibi bir-biridan farq qiladi.

Boshqa tegishli maqolalar

 

 
 
Chat