Xaridor shartnoma tuzishdan oldin sotuvchining uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini, ob’ektning kadastr ma’lumotlarini hamda unga nisbatan taqiq, xatlov, ipoteka yoki boshqa cheklovlar mavjudligini tekshirishi lozim.
Shuningdek, quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur:
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarius tomonidan tasdiqlanishi lozim. Fuqarolar faqat davlat notarial idorasiga emas, amaldagi qonunchilikka muvofiq notarial harakatni amalga oshirish vakolatiga ega notariusga murojaat qiladi.
Odatda notarial rasmiylashtirish uchun quyidagilar talab etiladi:
Notarius mulkning sotuvchiga tegishliligini va bitim tuzishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjud emasligini tekshiradi.
Mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilgandan keyin notarius zarur ma’lumotlarning katta qismini idoralararo elektron hamkorlik orqali oladi.
Jumladan, quyidagilar tekshiriladi:
Elektron tizim orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni fuqarodan asossiz ravishda qayta talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldi-sotdi shartnomasida quyidagi ma’lumotlar aniq ko‘rsatilishi kerak:
Pulni topshirish, uy-joyni bo‘shatish, kalitlarni berish va ob’ektni qabul qilish shartlarini yozma ravishda belgilash tavsiya etiladi. Uy-joyning amalda topshirilishi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Faqat pul to‘lash yoki kalitni qabul qilish xaridorning mulk huquqi rasmiylashtirilganini anglatmaydi.
Notarial tasdiqlangan shartnoma asosida uy-joyga bo‘lgan huquqning xaridorga o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Xaridorning mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin rasman tasdiqlanadi.
Notarial shaklga yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiyligi va mulk huquqining vujudga kelishiga ta’sir qilishi mumkin.
Ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji ob’ekt joylashgan hududga qarab undiriladi:
Bundan tashqari, notariusning huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha xizmatlari hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlar undirilishi mumkin.
Notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etsa, fuqaro rad etish sabablari ko‘rsatilgan qarorni talab qilishga haqli. Notariusning qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.